O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan xalqaro aviatsiya tadbirlari doirasida biz AZANS direktori va SOCEA prezidenti janob Farhan bilan mintaqaviy hamkorlik hamda aeronavigatsiya xizmatlarining kelajagi haqida suhbatlashdik.
Intervyuda janob Farhan mintaqaviy hamkorlik orqali erishish mumkin bo‘lgan muhim natijalar, shuningdek, bugungi kunda aeronavigatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi provayderlar (ANSP) oldida turgan asosiy muammolar haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Suhbat davomida bilim va tajriba almashish, innovatsiyalarni joriy etish hamda sohadagi yangi sinovlarga birgalikda yechim topish muhimligi ta’kidlandi.
Shuningdek, xalqaro anjuman doirasida Turkiya Davlat aeroportlari bosh boshqarmasi (DHMI) Bosh direktorining o‘rinbosari va boshqaruv kengashi a’zosi doktor Cengiz Paşaoğlu bilan xalqaro hamkorlik hamda aviatsiya kelajagi xususida eksklyuziv suhbat tashkil etildi.
Doktor Paşaoğlu sohada xalqaro birdamlikning o‘rni haqida to‘xtalib, kelajak avlod yosh mutaxassislariga murojaat qildi hamda uzluksiz ta’lim, kasbiy yuksalish va global aviatsiyaning ravnaqiga munosib hissa qo‘shish zarurligini alohida uqtirdi.