Aviation English Test

AELPT testi haqida

AELPT TestingAELPT (Aviation English Language Proficiency Test) — ICAO talablariga muvofiq aviatsiya xodimlarining aviatsiya ingliz tilini bilish darajasini aniqlash uchun mo‘ljallangan testdir.

Test ICAO va “O‘zaviatsiya” agentligi hujjatlarida bayon etilgan standartlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, shtatli va nostandart vaziyatlarda so‘zlashish va tinglab tushunishga yo‘naltirilgan.

AELPT nomzod va imtihon oluvchi o‘rtasidagi muloqot formatida o‘tkaziladi va taxminan 25-30 daqiqa davom etadi.

Imtihon oluvchilar operatsion ko‘nikmalar yoki frazeologiyani bevosita tekshirmaydilar. Buning o‘rniga ular topshiriqlarni yaratishda real aviatsiya kontekstlari va texnik ma’lumotnomalardan foydalanadilar. Nomzodlarning javoblarini tekshirish ikki nafar ekspert: aviatsiya va til bo‘yicha mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.

 
Biz bilan bog‘laning