O‘quv majmuasi 2023-yil 31-avgustda tashkil etilgan bo‘lib, hozirda fuqaro aviatsiyasi mutaxassislarini tayyorlash, bilimlarni sinovdan o‘tkazish va havo harakati dispetcherlarini, aviadispetcher simulyatorida o‘qitishni birlashtirgan birinchi noyob o‘quv majmuasidir. O‘quv markazi ilg‘or texnologiyalar bilan jihozlangan va, o‘qitish va ta’limni yuqori saviyada o‘tkazish uchun eng qulay sharoitlar yaratilgan. O‘quv-mashg‘ulot majmuasida fuqaro aviatsiyasi sohasida katta tajribaga ega bo‘lgan malakali instruktor-o’qtuvchilar faoliyat olib boradi, ko‘pchilik instruktorlar fuqaro aviatsiyasida 40 yildan ortiq tajribaga ega, shuningdek, aksariyat instruktor-o’qtuvchilar aviatsiya ingliz tilini biladi. Ingliz tili oʻqituvchilarining IELTS darajasi kamida 7.0
Bizning kurslarimiz bilan tanishing va xavfsizlik va professional rivojlanish uchun zarur bo‘lgan bilimlarni o‘zlashtiring.
Aviadispetcher / HHB Dispetcheri bo'lish uchun, «O‘zaeronavigatsiya» DUK ishlash uchun Toshkent Davlat Transport Universitetida ushbu mutaxassislik bo'yicha ta'lim olishi zarur.
HHB dispecheri sifatida ishga joylashish uchun, ushbu mutaxassislik bo'yicha ta'lim olishni tasdiqlovchi hujjatga ega bo'lish, ingliz tilini bilish (ICAO til bilimlari miqyosida 4-darajadan kam bo'lmagan sertifikatga ega bo'lish), a'lo darajada sog'liq holatiga ega bo'lish (tanlov jarayonlaridan o'tganidan so'ng, nomzod tibbiy va uchuvchi ekspert komissiyasiga yuboriladi), shuningdek, ushbu kasb bo'yicha maxsus tanlovdan o'tish zarur, bu tanlov «O‘zaeronavigatsiya» DUK Markazining Direktsiyasida o'tkaziladi.
Ushbu mutaxassislik bo‘yicha ta'limni olishni tasdiqlovchi hujjatga ega bo‘lishi zarur
ICAO til bilish darajasi bo‘yicha 4-dan past bo‘lmagan sertifikatga ega bo‘lishi kerak
Tanlov jarayonini muvaffaqiyatli o'tkazgan nomzod tibbiy-parvoz ekspertiza komissiyasiga yuboriladi.
«O‘zaeronavigatsiya» DUK direksiyasida kasb bo‘yicha maxsus tanlovdan o‘tiladi.
O'quv-trening kompleksi fugarolik aviatsiyasi mutaxassislarini malakasini oshirish, tayyorlash va qayta tayyorlashga garatilgan, shuningdek, yaqinda talim muassasalarini tamomlaganlar uchun kurslarni ochdi.
«Uzaeronavigatsiya» DUKning o'quv-trening kompleksi jamoasi uchish sifati va xavfsizligiga yo naltirilgan. Jamoada - fugarolik aviatsiyasi bo yicha tajribali mutaxassislar, ular murakkab materialni samarali tarzda yetkazib beradi.
O'quv-trening kompleksi o'zgacha o quv va trening dasturlari bilan «UzAviatsiya» agentligi tomonidan sertifikatlangan va xalgaro standartlarga javob beradi.